Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Xalq deputatlari Farg'ona shahar Kengashining oltinchi chaqiriq to'qson ikkinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
2023-06-23 10:21:13 1154
Unda kun tartibiga kiritilgan masalaga daxldor tashkilot rahbarlari, mahalla fuqarolar yig'inlarida faoliyat olib borayotgan yoshlar etakchilari ishtirok etdilar.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:
-Yoshlar ishlari agentligi Farg'ona shahar bo'limi tomonidan 2023 yil olti oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar haqida(Maʻruzachi: Yoshlar ishlari agentligi shahar bo'limi boshlig'i Ahadjon Akramov)
-O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 noyabrdagi «Sport taʻlimi tizimini tubdan takomillashtirish orqali olimpiya va paralimpiya sport turlari bo'yicha sportchilar zaxirasini shakllantirish sifatini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-5279-sonli qarori ijrosi yuzasidan (Maʻruzachi: Farg'ona Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash Markazi direktori Egamberdi Usmonov)
Shuningdek, sessiya ishida “Saxovat va ko'mak” jamg'armasi hisobidan ehtiyojmand oilalar vakillari va bemorlarga bir martalik moddiy yordam hamda sog'lig'ini tiklash maqsadida operatsiya va dori-darmon vositalari uchun mablag'lar ajratish masalalari ham ko'rib chiqildi.
Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari tomonidan muhokama, taklif va mulohazalardan so'ng qaror loyihalari bir ovozdan qabul qilindi.