Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

TASHABBUSLI BYUDJЕT: "Shakarqishloq" mahallasiga zamonaviy sport maydonchasi va ziyo maskani qurildi

×

 2023-06-22 15:32:42    932

PDF yuklash
Chop etish


Farg'ona  shahrida "Tashabbusli byudjet" loyihasi doirasida sport majmualari va ziyo maskanlari ham qurilmoqda. Jumladan, "Shakarqishloq" mahalla fuqarolar yig'inining yoshlar yetakchisi tomonidan Tarona ko'chasidagi ko'p qavatli uylar oralig'idagi bo'sh turgan yer maydoniga sport maydonchasi hamda ziyo maskanini qurish taklifi "Ochiq byudjet" portaliga joylashtirilgan edi. 

Mazkur taklif mahalla yoshlari, sportsevar fuqarolar va keng jamoatchilik vakillari tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Gʻolib bo'lgan loyiha uchun 600 mln. so'm mablag' ajratildi.

5 ming nafardan ziyod yoshlari bo'lgan mahalla endilikda o'z sport majmuasi, ziyo maskani hamda tadbirlar o'tkazish maydoniga ega bo'ldi. Yoshlar yetakchisining maʻlum qilishicha, endilikda 1-sektor hududidagi mahalla fuqarolar yig'inlari yoshlari ishtirokida shu maskanda bir qator musobaqalar hamda maʻnaviy-maʻrifiy tadbirlar o'tkazilishi belgilangan.

Majmuaning ochilish marosimida Farg'ona shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligining viloyat boshqarmasi va shahar bo'limi vakillari, xalq deputatlari Farg'ona shahar Kengashi deputatlari hamda "Shakarqishloq" mahalla fuqarolar yig'ini fuqarolari va yoshlari ishtirok etishdi. Tadbir ishtirokchilari sport maydonchalarida yoshlar quvonchiga sherik bo'lishdi, ziyo maskani faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.

"Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik!" shiori ostida o'tkazilgan madaniy va sport tadbirlari barchaga manzur bo'ldi. Tadbir davomida turli sport musobaqalarida g'olib bo'lgan mahalla yoshlariga esdalik sovg'alari topshirildi.