Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
"Iftixor" mahallasida 3000 metr oqova suvi tarmog'i tortildi
2023-06-22 15:26:12 1095
Ayni kunlarda Farg'ona shahridagi mahalla fuqarolar yig'inlarida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-408-sonli qaroriga asosan olib borilgan keng ko'lamli ishlar yakuniga yetkazilmoqda.
Xususan, "Iftixor" mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi Ayeroport, Mushtarak, Barhayot va Tutzor ko'chalarida 3000 metr masofada oqova suvi tarmog'ini tortish ishlari olib borildi. Mazkur ishlar uchun qaror asosida 1 mlrd. 650 mln. so'm mablag' ajratilgan.
Hozirda qurilish tashkiloti tomonidan asfalt qoplash ishlari olib borilmoqda. Mahalla ahli ko'chalarga suvoqava tarmog'ining tortilishi, xonadonlarning sanitar holatini yaxshilanishidan mamnun.