Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 59 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Yosh tadbirkor hunari bilan ko'plab insonlarga yordam bermoqda

×

 2023-06-22 15:18:47    942

PDF yuklash
Chop etish


Ha, bunday insonlar oramizda kam uchraydi. Ismoiljon Neʻmatov 29 yoshda. "Nafosat" mahallasidagi bo'sh turgan binoni ijara asosida ustaxona uchun olgan. U yerda o'zi va shogirdlari velosipedlarni taʻmirlashadi.

Asosan hovli uylarda yashovchi aholi xonadonlarining deyarli har birida velosiped bor. Ismoiljon mahalladagi ehtiyojmand xonadonlarning velosipedlarini tekinga taʻmirlaydi. Zaruriy ehtiyot qismlarini olib kelinsa bas, darrov o'rnatib beriladi. Xizmat haqqi esa olinmaydi. Shu kunlarda kichik ustaxonada elektr quvvati bilan harakatlanuvchi velosiped va mopetlarni taʻmirlash ham yo'lga qo'yildi.

Shuningdek, mahalladagi ayni kunlarda taʻtilda bo'lgan besh nafar o'quvchilar ustadan bu hunarning sir-asrorlarini o'rganishmoqda. Har oyda o'rtacha ikki yarim million so'm atrofida daromad topayotgan Ismoiljon shu hunarni egallaganidan juda mamnun.

Yosh tadbirkor faoliyatini yanada kengaytirish bo'yicha yangi loyihalar tayyorlamoqda.