Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

"Soliqchi - ko'makchi" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar

×

 2023-06-21 10:51:03    231

PDF yuklash
Chop etish


"Soliqchi - ko'makchi" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan

ishlar yuzasidan Farg'ona shahar soliq inspeksiyasi boshlig'ining

hisoboti

2023-yil 1-yanvardan boshlab soliq qonunchiligiga qator o'zgartirishlar kiritildi. Xususan, aylanmadan olinadigan soliq stavkalari soliq to'lovchilarning barcha toifalari uchun 4% miqdoridagi yagona stavkani belgilagan holda bir xil bo'ldi. Bundan tashqari, 2023-yil 1-yanvardan boshlab aylanmadan olinadigan soliqni qatiy belgilangan summada to'lash tartibi joriy etildi.

Shuni ta’kidlash joizki, mazkur tartib bo'yicha soliq to'lash ixtiyoriy hisoblanadi. Ushbu tartibni tanlash tadbirkorlik sub’ektlari uchun quyidagi yengilliklarni yaratib beradi:

-soliq organlariga moliyaviy hisobotlar va aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish majburiyati yuzaga kelmaydi;

-bank hisobvaraqlaridan dividend tarzida yechib olinadigan mablag'lar soliqqa tortilmaydi;

Ta'kidlash joiz, ayni paytda Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlar har tomonlama qo'llab-quvvatlanmoqda. Binobarin, yoshlarning mustaqil hayotga qadam qo'yishlari, o'z iqtidori va salohiyatini to'liq namoyon etishlari uchun sharoitlarni kengaytirish, ularning bandligiga ko'maklashish, doimiy ish bilan hamda munosib daromad olishini taminlash borasida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida "Yoshlarning bandligiga ko'maklashish hamda ularni doimiy ish bilan ta'minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar tog'risida"gi Prezident farmoni (PF–61-son, 26.04.2023 y.) qabul qilindi. Farmonga ko'ra, tadbirkorlarning 2023-yil 1-maydan boshlab 2025-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga (byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamgarmasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada to'lovchilar bundan mustasno) ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to'langan ijtimoiy soliq summasi Davlat byudjetidan to'liq qoplab berilishi belgilandi. 

Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar olti oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qoplab beriladi. Albatta, qiyinchiliklarga uchragan tadbirkorlarga soliq xizmati organlari "Soliqchi-ko'makchi" tamoyili asosida xizmat ko'rsatishni davom ettiradilar. Ta'kidlash joiz, ayni kunlarda Farg'ona shahar soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan tadbirkorlar bilan turli ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilmoqda, muammolar o'rganilib ijobiy hal etish choralari ko'rilmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muhim bo'lgan qator yo'nalishlarni belgilab olgan holda amaliy yordamlar ko'rsatilmoqda. Xususan, 2023-yil may oyi davomida Farg'ona shahar soliq inspeksiyasi tomonidan 1001 ta tadbirkorlik sub’ektlarini qiynayotgan muammolar o'rganildi. Mazkur jarayon davomida ko'maklashish zarur bo'lgan 730 ta tadbirkorlik subyektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qo'llash tartibini tushuntirish, ortiqcha QQS to'lovlarini qaytarish kabi masalalar yuzasidan amaliy yordamlar ko'rsatildi.

Biz, soliq idoralari xodimlari bundan buyon ham, albatta, Prezidentimiz belgilab berganlaridek, tadbirkorga maslahatchi, ko'makchi va yaqin hamkor sifatida faoliyatimizni davom ettiramiz.