Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 47 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Fargʼona shahrilik 7 nafar Mehribonlik uylari bitiruvchilariga yangi uylar topshirildi

×

 2023-06-13 18:36:51    438

PDF yuklash
Chop etish


"Mehr daftari" jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan Fargʼona shahar hokimligi tomonidan joriy yil davomida 7 nafar ota-ona qaramogʼidan mahrum boʼlgan Mehribonlik uylari bitiruvchilariga yangi uy uchun order va ushbu xonadon kalitlari tantanali ravishda topshirildi. 


Navbatdagi soʼnggi uy Diyorbek Isaqovga Qirguli mavzeidan topshirildi. Eʼtiborlisi, xonadon barcha maishiy va zarur uy-roʼzgʼor jihozlari bilan toʼliq taʼminlandi. 


– Men bugun juda ham hursandman. Mehribonlik uyini bitirib, Qozogʼiston davlatiga ishlash uchun bordim. U yerdan qaytganimdan soʼng Fargʼona shahar hokimligi vakillari Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan menga uy berilishini aytishganda juda hursand boʼlgan edim. Bu uyda barcha zarur sharoitlar bor. Bu eʼtibor va gʼamxoʼrlikdan juda minnatdorman. Аlbatta, yurtimiz uchun xizmat qiladigan fidokor va komil inson boʼlishga harakat qilaman, – deydi Diyorbek Isaqov.


Fargʼona shahar hokimligi 
Аxborot xizmati