Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Malikaxon Tojiboyeva: Qizim tikuvchilik bilan oʼz oilasini tebratmoqda

×

 2023-05-27 17:07:49    749

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda doimiy ish bilan band boʼlmagan xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash, ularni uy sharoitida ham daromad topishlariga koʼmaklashish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, "Аyollar daftari"ga olingan xotin-qizlarga hokim yordamchilarining tavsiyalariga koʼra, mehnat qurollari subsidiya asosida ajratilmoqda.

 
"Madaniyat" mahalla fuqarolar yigʼinida yashovchi fuqaro Nigoraxon Tojiboeva ham qoʼli gul chevarlardan biri. Xotin-qizlar faolining oʼrganishlari natijasida fuqaroning doimiy ish bilan band boʼlishi, daromad topishi taʼminlandi. Mahallada faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisi Shavkatjon Komilovning tavsiyasiga koʼra, subsidiya asosida tikuv mashinasi ajratildi. 


Nigoraxon Tojiboyeva hozirda kasanachilik asosida ishlab, buyurtma asosida kiyim-kechaklar hamda roʼzgʼor buyumlari ham tikmoqda. Bu bilan oilasini tebratayotgan fuqaro berilgan eʼtibordan mamnun boʼlib, oʼz minnatdorchiligini bildirdi.