Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RАSMIY MUNOSАBАT
2023-05-22 11:53:54 908
Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʼona shahar hokimligining xoʼjalik hisobidagi Uy-joy boʼlimiga nisbatan nizoli holatni yuzaga keltirib “Fuqarolarni hokimiyatga nisbatan noroziligini uygʼotayotgan kim? Farxodjon akaga rahmat aytaylikmi?” sarlavhasi ostida qoʼyilgan video murojaat yuzasidan Fargʼona shahar hokimligining xoʼjalik hisobidagi Uy-joy boʼlimi quyidagilarni maʼlum qiladi.
Fargʼona shaharidagi davlat uy-joy fondi qisqarib borayotganligi va ushbu fond hisobidan 30 yildan buyon uy-joylar qurilmayotganligi sababli, davlat uy-joy fondidan turar joy olish uchun hisobda turgan fuqarolar hamda navbatdan tashqari uy-joy bilan taʼminlanishi lozim turar joylari buzilishga tushgan fuqarolar hamda yetim bolalar va ota-ona qaramogʼidan mahrum boʼlgan bolalarni turar joylar bilan taʼminlashda muammolar kelib chiqmoqda.
Ushbu masala boʼyicha Fargʼona shahridagi aholinnig uy-joyga muxtoj qatlamini manfaatlarini koʼzlagan holda davlat uy-joy fondi hisobidagi turar joylar bilan taʼminlashda kelib chiqayotgan muammolarni (davlat hisobidan turar joylar qurilmayotganligi va ushbu turdagi uy-joylar tugayotganligi va uy-joyga muxtoj sifatida hisobga olingan fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlashni imkoni boʼlmayotganligini) hal etish va amaldagi qonunchilikka oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish yuzasidan tayyorlangan takliflar boʼyicha shahar hokimligining xoʼjalik hisobidagi Uy-joy boʼlimi tomonidan 12.01.2021 yil kungi 91-sonli xat bilan Fargʼona shahar adliya boʼlmiga murojaat etilgan.
Kiritilgan ushbu taklif murojaatnoma Fargʼona shahar adliya boʼlimi tomonidan oʼrganib chiqilib, boʼlim tomonidan uy-joyga muhtoj boʼlgan fuqarolarga uy-joy qurish, ajratish va taqsimlashni takomillashtirish boʼyicha amaldagi qonunchilikka oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish yuzasidan tayyorlangan takliflar viloyat adliya boshqarmasiga kiritilishini taʼminlanishi boʼyicha hulosa xati olingan.
Lekin shu kunga qadar, ushbu sohani rivojlantirish hamda davlat uy-joy fondi hisobidan turar joylar qurilishi boʼyicha aniq bir tizim ishlab chiqilganicha yoʼq.
Shu sababli, video murojaatda Fargʼona shahar hokimligining xoʼjalik hisobidagi Uy-joy boʼlimining faoliyatiga eʼtiroz bildirayotgan fuqarolar, yaʼni, fuqaro Vakilova Taxmina Umarjon qizi (videodagi 1-murojaatchi fuqaro) davlat uy-joy hisobidagi xonadonlardan ajratib berish boʼyicha Fargʼona shahar hokimligiga ariza bilan murojaat etgan va uning arizasi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.02.2019 yildagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga muvofiq shahar hokimligi huzridagi uy-joy masalalari boʼyicha doimiy harakatdagi komissiyasining 17.04.2021 yildagi 3-sonli yigʼilish qarori bilan uy-joyga muxtoj deb topilib, umumiy tartibda 656-sonli navbatga olingan va yuqoridagi Nizomning 26-bandiga muvofiq fuqaro T.Vakilovaga Fargʼona shahrida foydalanishga topshirilayotgan yoki boʼshayotgan uy-joylarning maydonidan kelib chiqqan holda, roʼyxatda belgilangan navbat tartibida turar joy ajratib berilishi tushuntirilgan.
Shunnigdek, fuqaro T.Vakilovaning boʼlim tomonidan uning manfaatlarini koʼzlagan holda, “Fargʼona Mexanika” zavodiga qarashli boʼlgan А.Navoiy koʼchasi 70-uyda joylashgan yotoqxonaning 4-qavatdagi boʼsh turgan xonalaridan boʼlim tomonidan kapital taʼmirlab, unga navbatdan tashqari berish boʼyicha berilgan taklifga rozi boʼlganligi va xonadonlar kapital taʼmirdan chiqarilib fuqarolarga ajratib berilayotgan vaqtda fuqaro T.Vakilova Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun ketib qolganligi sababali ushbu yotoqxonadagi xondonlar uy-joy olish uchun navbatda turgan nogiron va oilasida nogironi bor boʼlgan fuqarolarga ajratib berilgan.
Аmaldagi qonunlarga koʼra, fuqaro T.Vakilova uy-joy olish uchun navbatda turganligini inobatga olib, navbati kelgandan soʼng, quriladigan yoki boʼshaydigan davlat uy-joy fondidagi xonadonlardan ajratib berilishi qonun doirasida hal qilinadi.
Video murojaatda Fargʼona shahar hokimligining xoʼjalik hisobidagi Uy-joy boʼlimining faoliyatiga eʼtiroz bildirayotgan fuqaro Xolmatova Shoiraxon hamda uning qaynonasi Botirova Yulduzxon Turgunovna (videodagi 2-murojaatchi fuqarolar) oilasiga uy-joyga muxtojligi sababli, Fargʼona shahar hokimining 29.09.2018 yildagi 1347-sonli qaroriga asosan 12.02.2020 yildagi 000342-sonli order bilan Fargʼona shahar B.Margʼinoniy koʼchasi 58-uyning 51-xonadoni (2 xonali) biriktirib berilgan va xozirgi kunda ushbu xonadonda fuqaro Sh.Xolmatova farzandlari bilan birga doimiy roʼyxatdan oʼtgan holda yashab keladi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Miziyoevning tashabbuslari bilan yil bayramlarida boʼlim tomonidan koʼp turdagi oziq-ovaq maxsulotlari yetkazib berib turiladi.
Fuqaro Sh.Xolmatova oilasi davlat tomonidan turar joy bilan taʼminlangan boʼlsada, kelib chiqayotgan oilaviy nizolarni vaj qilgan holda Oʼzbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 40-moddasi 2-bandiga zid ravishda shahar hokimligining xoʼjalik hisobidagi Uy-joy boʼlimidan takroran yana qoʼshimcha uy-joy bilan taʼminlashni talab qilib kelmoqda.
Boʼlim tomonidan fuqaro Sh.Xolmatovaga shahar hokimligi tomonidan 2 xonali turar joy ajratib berilganligi va ushbu xonadonda yashash huquqi mavjudligi tushuntirilgan.
Shuningdek, murojaatda fuqaro Sh.Xolmatovaning yashab kelayotgan xonadonidan boʼlim tomonidan chiqarib yuborilayotganligi holati notoʼgʼri ekanligi va xaqiqatga toʼgʼri kelmasligini maʼlum qilamiz.
Video murojaatda Fargʼona shahar hokimligining xoʼjalik hisobidagi Uy-joy boʼlimining faoliyatiga eʼtiroz bildirayotgan fuqaro Xaydarova Lolaxon Rasuljonovna qizi (videodagi 3-murojaatchi fuqaro) Fargʼona shahar hokimligiga uy-joy soʼrab qilgan murojaatiga asosan Fagʼona shahar hokimining 25.08.2017 yildagi 1179-sonli qaroriga asosan Fargʼona shahar Fargʼona koʼchasi 6-uyning 23-xonadoni (1 xonali) ajratib berilgan.
Soʼngra, fuqaro L.Xaydarovaning arizasiga binoan, yashab kelayotgan xonadoni Fargʼona shahar hokimining 10.03.2021 yildagi 129-sonli qaroriga asosan umumiy foydalanish maydoni kattaroq boʼlgan Fargʼona shahar Fargʼona koʼchasi 6-uyning 35-xonadoniga (2 xonali) almashtirib berilgan.
Xozirgi kunda fuqaro L.Xaydarova 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan birga ushbu xonadonda istiqomat qilib keladi va yil davomidagi bayramlarda boʼlim tomonidan oziq-ovaq maxsulotlari yetkazib berib turiladi.
Shuningdek, video murojaatning soʼngida Fargʼona shahar hokimligining xoʼjalik hisobidagi Uy-joy boʼlimining faoliyatiga eʼtiroz bildirayotgan fuqarolarning murojaatlari (subsidiya, firibgarlik holatlari va h.k.) Fargʼona shahar hokimligining xoʼjalik hisobidagi Uy-joy boʼlimi vakolatlarga kirmasligini inobatga olib, murojaatlarni ishchi guruh tuzilgan holda oʼrganib chiqish va murojaatlari tegishli tashkilot va organlarga qonuniy hal etish uchun yoʼnaltirilishi boʼyicha ishlar amalga oshirilishini maʼlum qilamiz.
Fargʼona shahar hokimligining xoʼjalik hisobidagi Uy-joy boʼlimi