Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyun 2023 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Yangi sport zali ish boshladi

×

 2023-05-16 18:17:18    352

PDF yuklash
Chop etish


Fargʻona shahridagi “Soyboʻyi” mahalla fuqarolar yigʻinida yangi sport zali ochildi. Tadbirkor Shukurillo Abdullayev tomonidan ochilgan “Brofit” sport zali bir vaqtning oʻzida 100 ga yaqin sportsevarlar trenajyor uskunalaridan foydalanishlari mumkin. 


Zamonaviy koʻrinishda bunyod etilgan sport zalining ochilish marosimida Fargʻona shahar hokimi Vosiljon Nazarov, sektor rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari hamda sportsevar yoshlar ishtirok etishdi. 


Tadbir ishtirokchilari sport zalida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Faoliyatni yanada kengaytirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha tavsiyalar berildi. 


Ayni kunlarda sportchilarga xizmat koʻrsatishni yaxshilash maqsadida oʻndan ortiq ish oʻrinlari yaratildi. 


Fargʻona shahar hokimligi Axborot xizmati