Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyun 2023 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

“Gulzor” mahallasida ham 1300 metr ichki yoʻllar asfalt qilinmoqda

×

 2023-05-03 09:29:25    383

PDF yuklash
Chop etish


Ayni kunlarda Fargʻona shahridagi mahalla fuqarolar yigʻinlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-408-sonli qaroriga asosan keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. 


Xususan, “Gulzor” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi koʻp qavatli uylar ichki yoʻllarining 1300 metr qismi asfalt qilinmoqda. Hozirda qurilish tashkiloti tomonidan ichki yoʻllarni asfaltlashtirish ishlari jadal surʼatlarda amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlar uchun respublika byudjetidan 650 mln. soʻm mablagʻ ajratilgan.


Keksa-yu yosh soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlaridan mamnun. Mahalla ahli tomonidan ham keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda.


Maʼlumot uchun: Qaror asosida Fargʻona shahridagi 61 ta loyihalar uchun respublika byudjetidan qariyb 100 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan.


Fargʻona shahar hokimligi Axborot xizmati