Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Zulayho Mahkamova Fargʻona shahridagi “Oqila ayollar” harakati aʼzolari bilan uchrashdi

×

 2023-04-27 16:19:43    343

PDF yuklash
Chop etish


Qirguli mavzeidagi bolalar musiqa va sanʼat maktabining faollar zalida oʻtkazilgan uchrashuvda xotin-qizlar faollari, harakat aʼzolari ishtirok etishdi. Tadbirda Bosh vazir oʻrinbosari Zulayho Mahkamova mamlakatimizda soʻnggi yillarda xotin-qizlarnning jamiyatdagi oʻrni va nufuzini oshirish, ijtimoiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida taʼkidlab oʻtdi.


Shuningdek, jamiyat va davlat hayotida ayollar va erkaklarning teng xuquqliligini, shuningdek, xotin-qizlarning qonuniy xuquq va manfaatlarini taʼminlash, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasining muhim yoʻnalishlaridan biri boʻlayotganligiga ham alohida eʼtibor qaratildi.


Tadbir davomida Fargʻona shahrida “Oqila ayollar” harakati tomonidan bajarilayotgan ishlar tahlil qilindi. Harakat yetakchisi Shahodatxon Axunovaning istiqboldagi rejalari haqida ham maʼlumotlar berildi.


Fargʻona shahar hokimligi Axborot xizmati