Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Fargʻona shahrida “Pillakorlar sayli” dasturi doirasida madaniy tadbir oʻtkazildi

×

 2023-04-27 16:17:31    460

PDF yuklash
Chop etish


Fargʻona shahridagi Islom Karimov nomidagi teatr va konsert saroyida “Oʻzbekiston Konstitutsiyasi bu – bizning Bosh Qomusimiz” shiori ostida “Pillakorlar sayli” dasturi doirasida konsert boʻlib oʻtdi.


Konsert dasturida Oʻzbekiston xalq hofizi Ilhomjon Ibrohimov, estradamizning yorqin yulduzlari – “Sado” guruhi doirachilari, Yorqinxoʻja Umarov, Elyor Meliboyev, Otabek Muhammadzohid, Abdujalil Qoʻqonov va boshqalar ishtirok etishdi.


Tadbirga viloyatimizning barcha hududlarida pilla yetishtirishda astoydil mehnat qilayotgan ilgʻorlar, mazkur sohada tahsil olayotgan talaba yoshlar taklif qilindi. Shuningdek, shahrimiz aholisi va mehmonlari ham madaniy dasturdan bahramand boʻlishdi.
Madaniy tadbir davomida soʻzga chiqqanlar tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, Yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasidagi inson va uning manfaatlarini himoya qiluvchi yangi oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar berildi.


Fargʻona shahar hokimligi Axborot xizmati