Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Har bir murojaatlar alohida nazoratga olindi
2023-04-26 10:39:15 329
Bugun shahar hokimligi tomonidan tashkillangan sayyor qabulda Fargʻona shahar hokimi Vosiljon Nazarov, sektor rahbarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasining shahar boʻlimi mudiri Tavakkaljon Rahimovlar ishtirok etishdi.
“Shodiyona” mahallasida ellik nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari masʼul rahbarlar ishtirokida oʻrganildi. Oʻn nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal qilindi.
Kelib tushgan murojaatlarni oʻrganish va natijasi boʻyicha mualliflarga maʼlum qilish uchun masalaga daxldor xodimlar, korxona, tashkilot va boʻlimlarga tegishli topshiriqlar berildi. Qabul soʻngida yuridik va jismoniy shaxslardan tushgan murojaatlarning oʻrganilganlik holati hamda ijobiy hal etilishi boʻyicha tanqidiy tahlil qilindi.
Fargʻona shahar hokimligi Axborot xizmati