Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Hunardan baraka topayotgan yosh tadbirkor

×

 2023-04-13 16:24:08    445

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini boshlash, yangi ish oʻrinlarini yaratishni maqsad qilgan fuqarolarga ham keng imkoniyatlar, shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bu esa tadbirkorlar sonini yil sayin ortib borayotganligida yaqqol namoyon boʻlmoqda.

Fargʻona shahridagi “Chekshoʻra” MFYda ham tadbirkorlar soni 70 nafardan oshdi. Mahalla raisi Gʻayratjon Gʻofurovning taʼkidlashicha, hududda dehqonchilik asosiy drayverga aylanmoqda. Issiqxona qurib, mumay daromad topayotgan oilalar safi ham kengayib bormoqda. Shuningdek, turli yoʻnalishlarda ham tadbirkorlik subyektlari ochilmoqda.

Roʻzimatjon Ergashev yosh tadbirkorlardan. Yoshligida bobosi, tajribali mexanik Madley otadan saboq oldi. 40 yil mobaynida traktorchi boʻlgan dadasi Abdujabbor Ergashev ham farzandining qiziqishlariga beeʼtibor boʻlmadi.

Yosh temirchi hozirda kichik korxonasiga ega. Ikki nafar shogirdlariga har oyda 3 mln. soʻmdan maosh bermoqda. Oʻzining esa oylik oʻrtacha daromadi 15 million soʻmga yetmoqda.