Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 0 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

“Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqasining Fargʻona shahar bosqichiga start berildi

×

 2023-04-13 16:22:38    357

PDF yuklash
Chop etish


Bugun sportning futbol, va mini-futbol turlari boʻyicha “Davlat xafsizlik xizmati kubogi” musobaqasiga start berildi. Ushbu musobaqalarda shahrimizdagi 73 ta mahallalardan 16-30 yosh boʻlgan uyushmagan yoshlar va jamoalar qatnashadi.

“Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-92-sonli qarori ijrosini taʼminlash, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular oʻrtasida ommaviy sportni rivojlantirish hamda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish maqsadida tashkillangan musabaqaning hududiy bosqichi aprel va may oylarida oʻtkaziladi.

Musobaqaning ochilish marosimi Fargʻona futbol maktabida oʻtkazildi. Unda shahar hokimi Vosiljon Nazarov, sektor rahbarlari hamda Davlat xavfsizligi xizmati viloyat boshqarmasi va shahar boʻlimi vakillari ishtirok etishdi. Tantanali ochilish tadbirida yosh sportchilarga hamda jamoalarga omadlar tilandi. Shundan soʻng, qurʼa tashlanib 1-tur oʻyinlari oʻtkazildi.

Musobaqa gʻoliblari hamda “Eng yaxshi oʻyinchi”, “Eng yaxshi toʻpurar”, “Eng yaxshi darvozabon” va “Eng yaxshi murabbiy” nominatsiyalari sovrindorlariga diplom va qimmatbaho sovgʻalar topshirilishi belgilangan.

Taʼkidlash lozimki, Davlat xavfsizlik xizmati kubogining oʻtkazilishidan koʻzlangan asosiy maqsad yoshlar orasida sportni ommalashtirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, shuningdek, ularni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iboratdir.