Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Navbatdagi qabul 2-sektor hududida oʻtkazildi

×

 2023-04-12 12:13:51    785

PDF yuklash
Chop etish


Bugun shahar hokimligi tomonidan tashkillangan sayyor qabulda Fargʻona shahar hokimi Vosiljon Nazarov, sektor rahbarlari, fuqarolik va maʼmuriy ishlar boʻyicha sud raislari, majburiy ijro byurosi vakillari hamda hokim oʻrinbosarlari ishtirok etishdi.


Qirguli mavzeidagi “Doʻstlik uyi”ning faollar zalida 150 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari masʼul rahbarlar ishtirokida oʻrganildi.Oʻttiz nafarga yaqin  fuqarolarning murojaatlar ijobiy hal qilindi.


Kelib tushgan murojaatlarni oʻrganish va natijasi boʻyicha mualliflarga maʼlum qilish uchun masalaga daxldor xodimlar, korxona, tashkilot va boʻlimlarga tegishli topshiriqlar berildi. Qabul soʻngida yuridik va jismoniy shaxslardan tushgan murojaatlarning oʻrganilganlik holati hamda ijobiy hal etilishi boʻyicha tanqidiy tahlil qilindi.