Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlar bajarilishi toʻgʻrisida MAʼLUMOT
2023-04-11 17:14:21 777
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-sonli, Oliy Majlis Senati Kengashining 2022-yil 18-apreldagi KQ-334-IV-sonli qarorlariga muvofiq “Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlar bajarilishi” toʻgʻrisidagi qarorlariga asosan 2022-yil 2-bosqichida “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi”ga jami 13 mlrd 445 mln.soʻm mablagʻlar shakllantirilgan.
Jamoatchilik fikri boʻyicha 171 ta takliflarni “Ochiq byudjet” axborot portaliga joylashtirgan. Ushbu 171 ta takliflardan 57 tasitasdiqlangan nizom talablariga mos emasligi sababli rad etilib, 114 ta takliflar ovoz berish jarayoni uchun qabul qilingan. Shundan eng koʻp ovoz toʻplagan 23 ta 13 mlrd. 253 mln.soʻmlik takliflar gʻolib deb topilgan.- Halq taʼlimi boʻyicha 2 ta taklifga jami 1 mlrd 140 mln.soʻm maktablarning taʼmirlash ishlari uchun yoʻnatirilgan boʻlib xozirgi kunda taʼmirlash ishlari toʻlik amalga oshirilgan va mablagʻlar 100% toʻlik moliyalashtirilgan.
- Maktabgacha taʼlim boʻyicha 1 ta taklifga jami 150 mln soʻm maktabgacha taʼlim tashkilotini taʼmirlash uchun yoʻnaltirilgan boʻlib xozirgi kunda ushbu loyixa boʻyicha shartnoma tuzilib 100% mablagʻi oliyalashtirilgan, taʼmirlash ishlari toʻliq amalga oshirilgan.- Obodonlashtirish yoʻnalishi boʻyicha jami 8 ta taklifga 5 mlrd.283 mln.soʻm yoʻnaltirilgan.
Bundan, 7 ta taklif jami 4 mlrd. 876 mln.soʻm shahrimizdagi ichki yoʻllarni asfaltlashtirish xarajatlariga ajratilgan, xozirgi kunda 5 ta loyixa boʻicha 100% ishlar bajarilib, mablagʻlar toʻliq moliyalashtirilgan. Qolgan 4 ta loyixa boʻyicha shartnomalar tuzilib 30% oldindan toʻlov mablagʻlari moliyalashtirilgan boʻlib xozirgi kunda taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
- Sport kompleksi tashkil etish uchun 4 taklifga 1 mlrd soʻm yoʻnaltirilgan boʻlib, xozirgi kunda 2 ta loyixa boʻyicha ishlar tuliq yakunlanib 100% mablagʻ moliyalashtirilgan. Qolgan 2 ta loyixalar boʻyicha 30% mablagʻlari moliyalashtirgan boʻlib taʼmirlash ishlari davom etmoqda.
- Koʻp qavatli uylarni taʼmirlash ishlari uchun 6 ta taklifga 4 mlrd. 230 mln.soʻm yoʻnaltirilgan boʻlib, xozirgi kunda ishlar toʻliq bajarilgan va 100% mablagʻlari moliyalashtirgan.
- Fargʻona shahar SEO va JSB 9 xil tibbiy jixoz sotib olish uchun 850 mln.soʻm yoʻnaltirgan boʻlib, xozirgi kunda ushbu tibbiy jixozlar toʻliq sotib olindi.- Fargʻona viloyat axborot-kutubxona markazi moddiy texnika bazasini mustaxqamlash uchun jami 600 mln.soʻm mablagʻ ajratilgan boʻlib, sotib olingan asosiy vositalar uchun mablagʻlar toʻliq moliyalashtirilgan.