Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Hokim yordamchisi – oʼzimizning odam!

×

 2023-04-10 11:34:41    698

PDF yuklash
Chop etish


Mahallalarda hokim yordamchisi lavozimi tashkil etilganiga endi bir yildan oshdi. Xoʼsh, shundan keyin joylarda nima oʼzgardi?
Fargʼona shahridagi Yormozor mahallasida 6 ming 587 ta aholi yashaydi. 1 ming 487 ta xonadon bor. Bu yerga hokim yordamchisi etib Bahodirjon Homidov tayinlangan. U tadbirkor, xalq deputatlari shahar kengashi deputati. Prezident chaqirigʼiga labbay deb javob berib, shu yerda ishlayapti. Qaysi koʼcha, qaysi xonadonga kirmang, uni tanishadi, hurmat qilishadi, unga ishonishadi. Davron Matkarimov oilasida ishsizlik, shundan moliyaviy muammolar bor edi. Bahodir Homidov bank bilan hamkorlikda ularga loyiha ishlab chiqdi. 


– Hokim yordamchisi Bahodir aka bizga kredit olishga yordam qildi. 30 million soʼm kredit oldik, – deydi Davronjon. – Unga qoʼy olib semirtirib, bir yilda ikki marta almashtirdim. Uning foydasiga novvoslar sotib olib boqyapman. Ha, hozir bu oilaning kichik chorva fermasi bor. Yaqin kunlarda uni boqishdan katta daromad kutyapti. Аmmo, Davronjonda tadbirkorlik fazilati tez uygʼondi. Hokim yordamchisi koʼmagida chorva chiqindisida qizil Kaliforniya chuvalchangini koʼpaytiryapti. Biogumus bahorning shu kunlari xaridorgir boʼldi.


Sayyora Turdialieva ham “Аyollar daftari”ga kiritilgan edi. Toʼrt nafar yosh farzandi bor. Ularning biri nogiron. Turmush oʼrtogʼi esa oyoq xastaligiga uchragan. Xullas, qozon qaynatish ogʼirlashib qolgan edi. Hokim yordamchisi bu oilaga ham baqor keldi.

Аmaldagi imtiyozlar qoʼllanishida tashabbus koʼrsatdi. – Davlatimizga katta rahmat aytmoqchiman. Menga tikuv mashinasini subsidiya asosida bepul yetkazib berishdi. Hozirda men kelinlarning koʼrpa-toʼshaklarini qavib, tikib bermoqdaman. Kelajakda shogirdlar olib oʼrgataman. Ishlab chiqarishimni kengaytiraman, – deydi Sayyora Turdialieva. 


Dadaxon Hasanov tashqi devor egiluvchan oboylarini ishlab chiqarmoqda. Oboy turlari qancha koʼp boʼlsa, xaridor ham undan oz emas. Hozir shaharda uning nomi chiqib, ishlab chiqargan mahsuloti ommalashyapti. Holbuki, bir yil avval... – Bir yil avval hech qanaqa hujjatlarsiz ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼygan edik. Bahodir aka kelib buni kengaytiring, yakka tartibdagi tadbirkorlik oching, dedi. Hozir bizning ishchilarimiz uchta brigadadan iborat. Bitta brigada bu yerda ishlab chiqarsa, qolgani yopishtirgani boradi. Hozir 15 ta ishchimiz bor, – deydi Dadaxon Hasanov. 


Mahallada asta-sekin kambagʼallik qisqardi, tadbirkorlik rivojlandi, ishsizlik kamaydi. 


– Hokim yordamchisi mahallaga kirib kelib shunday boʼldiki, masalalar mahallaning oʼzida hal boʼlmoqda. Аholi endi hokimiyatga yoki boshqa tashkilotlarga bormaydi. Har qanday masala yechimiga mahalla boshqaruvi orqali erishilyapti, – deydi Bahodirjon Homidov.


Qandolatchi Sayyora Toshmatova uy bekasi edi. Unga 32 million soʼm garovsiz kredit berildi. Hozir 9 xil mahsulot ishlab chiqaryapti. 12 ta ishchi oʼrni yaratdi. Oʼzi yakka tartibdagi tadbirkorga aylandi. Ominaxon Nishonboeva xonadonida kooperatsiya asosida manzarali koʼchatlar oʼstirilyapti. Yarmini kooperativga topshirsa, yarmi oʼziga daromad boʼladi. Unga ham 15 million soʼm imtiyozli kredit berildi. Bu pulga qurilgan kichik issiqxonada pomidor koʼchatlari allaqachon boʼy choʼzdi. Nafaqadagi otasi esa yana ishli boʼldi.


– Yoshim 64 da. Bu koʼcha bir umr asfalt koʼrmagan edi, hokim yordamchisi “Tashabbusli byudjet”ga loyiha kiritdi va eng koʼp ovoz olib 1,2 mlrd. soʼm yutib oldik, – deydi mahalla faoli Ismoiljon Jalilov. – Oʼtgan yili yangi ish boshlaganimizda odamlar yana bir amaldor keldi, degan shubha bilan qaradilar, – deydi hokim yordamchisi Bahodirjon Homidov.


 – Lekin Prezident qoʼygan vazifani bajarishga astoydil kirishganimizdan keyin bizga ishonch paydo boʼldi. Hozir 1 ming 487 xonadon aʼzolari bilan eng yaqin aka-uka boʼlib ketganmiz. Ha, mahallalarda hokim yordamchisi xizmati tashkil etilgani islohotlar toʼgʼri yoʼlda ekaniga yana bir misol boʼla oladi. 


Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov, OʼzА