Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Mehr-oqibat va saxovat oyida qalblarga shodlik ulashilmoqda

×

 2023-04-10 11:25:05    745

PDF yuklash
Chop etish


Davlatimiz rahbarining Buxoro viloyatiga tashrifi chogʼida ehtiyojmand, boquvchisini yoʼqotgan, nogironligi boʼlgan shaxslarni davlat tomonidan Umra ziyoratiga joʼnatish tashabbusi ilgari surilgan edi. Fargʼona shahridan ham bir guruh yurtdoshlarimiz Umra ziyoratiga yuborildi.


Hamshaharlarimiz kuni kecha Umra ziyoratini oʼtab qaytdilar. Fargʼona shahar hokimi oʼrinbosari Dilshodaxon Xolmatova va hokimlik vakillari ziyoratchilarni yoʼqladilar.


"Chekshoʼra" mahalla fuqarolar yigʼinida yashovchi Hadyaxon Xolmatova ham Umra safarida boʼlib qaytdi. Yaratilgan sharoitlardan minnatdor boʼlib, Davlatimiz rahbariga oʼz minnatdorchiligini bildirdi.


Mazkur tashabbus davomida Fargʼona shahridan jami 8 nafar fuqarolar Umra safariga borgan boʼlsalar, ularning 6 nafari "Аyollar daftari"da turgan xotin-qizlardir.