Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 87 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

7-aprel – Butunjahon salomatlik kunida Fargʼona shahrida tashkil etilgan “Salomatlik sayli”da 5000 nafarga yaqin aholi tibbiy koʼrikdan oʼtkazildi

×

 2023-04-08 18:05:29    725

PDF yuklash
Chop etish


Fargʼona shahridagi Sanʼat saroyi ochiq sahnida 7 aprelь – Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan “Salomatlik sayli” tashkil etildi.


Sogʼliqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan ayni kunlarda respublika boʼylab oʼtkazilayotgan “Salomatlik sayllari” shu kungacha viloyatimizning Bagʼdod tumani, Margʼilon, Quvasoy, Qoʼqon shaharlarida tashkil etilib, minglab aholi respublikadan kelgan malakali mutaxassislar hamda mahalliy shifokorlar ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy koʼriklardan oʼtkazildi.


Fargʼona shahridagi bugun tashkil etilgan sayyor tibbiy koʼriklarga Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari hamda viloyatdagi davolash-profilaktika muassasalarining yetakchi shifokorlari, tor doiradagi mutaxassislar jalb etildi. 


5000 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etgan “Salomatlik sayli” davomida UZI, EKG tekshiruvlari, laborator tahlillar, diagnostik tekshiruvlar, davolash-profilaktika tadbirlari oʼtkazildi, shuningdek salomatlik mavzusida davra suhbatlari, madaniy-maʼrifiy va sport tadbirlari ham boʼlib oʼtdi. 


Tekshiruvlar natijasida 3 ming 343 nafar fuqaroga ambulator muolajalar belgilandi, 48 nafariga statsionar davolanish uchun yoʼllanma berildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, surunkali xastaligi bor 21 nafar bemorlarda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari oʼtkaziladigan boʼldi.