Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 44 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Fargʼonada barak uylarda yashagan fuqarolar, Renovatsiya dasturi doirasida yangi koʼp qavatli turar-joy majmuasida xonadon egasiga aylandilar

×

 2023-04-08 18:03:01    700

PDF yuklash
Chop etish


Fargʼona shahrida А.Navoiy va Maʼrifat koʼchalari kesishmasidagi ikki qavatli maʼnan eskirgan uylar (baraklar) oʼrnida Renovatsiya dasturiga asosan barpo etilgan yangi turar-joy majmuasi tantanali tadbir bilan foydalanishga topshirildi.
Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari ishtirok etdilar.


Jami 74 xonadondan iborat 8 qavatli turar-joy binosidan, eski uylarda yashab kelgan 24 ta oila ham yangi xonadon egasiga aylandilar. Bugungi tadbirda ushbu xonadonlarning kalitlari egalariga topshirilib, yangi uylarda faqat yaxshi kunlar, toʼylar boʼlishi tilagi bildirildi.


Davlatimiz rahbarining “Insonning yashash sharoiti yaxshi boʼlmasa, oilasida tinchlik, ishida unumdorlik boʼlmaydi” degan soʼzlari, viloyatimizda aholi yashash sharoitlarini yaxshilash boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlarda bosh mezonlardan biri boʼlayotgani tadbirda qayd etildi.


2021 yil mart oyida viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning shahar hududidagi oʼrganishlari davomida 50-60 yillar avval qurilgan barak uylarda devorlarning zaxlab ketgani, tomlardan chakka oʼtishi, binolarning fasadlari ayanchli ahvolda ekani, isitish va suv taʼminoti, kanalizatsiya bilan bogʼliq muammolar talaygina ekaniga guvoh boʼlingandi.


Har bir alohida uy boʼyicha manzilli ish tashkil etish, shu uydagi barcha xonadon aʼzolarining roziligi olingach, bino oʼrniga zamonaviy, rivojlangan infratuzilmaga ega koʼp qavatli turar-joy barpo etish uchun tadbirkorlik subʼekti jalb etish boʼyicha aholi vakillari bilan birgalikda yakdil qarorga borilgandi. Xonadon egalariga maydoni eski uylaridan kam boʼlmasligi sharti bilan shu yerda quriladigan yangi binodan xonadon berilishi alohida belgilab qoʼyildi. 2021 yil dekabrda esa shahar boʼylab qator koʼchalardagi barak uylar oʼrniga yangi binolar barpo etish loyihasi boshlatildi.


Renovatsiya dasturi doirasida shahar hududida yana 8 ta yer maydonlaridagi mavjud eskirgan bir va ikki qavatli uylarni oʼrniga 7, 9, 12 qavatli uy-joylar qurish ishlari izchil davom ettirilmoqda.


Bugungi tadbir qoʼshaloq xursandchilik, qoʼshaloq bayramga aylandi. Yangi turar-joy majmuasini barpo etgan “Margʼilon ixtisoslashtirilgan taʼmir qurilish” MChJ homiyligida Fargʼona shahrining barcha mahallalaridan kelgan 106 nafar ehtiyojmand oila farzandlarining sunnat toʼylari ham oʼtkazildi.


Toʼybolalarga yangi sarpolar kiydirilib, har biriga velosiped va boshqa qator sovgʼalar, oilalariga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.


Viloyatimizning taniqli sanʼatkorlari ijrosidagi kuy-qoʼshiqlar shodiyona tadbiriga yanada fayz baxsh etdi.