Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Fargʼona shahrining Surxtepa mahallasida umumiy kontseptsiya asosida dam olish zonasi tashkil etilmoqda, kanal yoqasida zamonaviy loyiha asosida yil davomida uzluksiz faoliyat koʼrsatadigan ovqatlanish shaxobchalari barpo etiladi
2023-04-08 18:01:12 713
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan Fargʼona shahrining Surxtepa mahallasida boʼlib, hududdan oʼtgan kanal yoqasida umumiy kontseptsiya asosida tashkil etishga kirishilgan dam olish zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.
Viloyat rahbari 2022 yil noyabrь oyida Surxtepa MFY hududidagi oʼrganishlar davomida koʼplab mahallada yashovchilar oʼz xonadonlari hududidan oʼtgan kanal yoqasiga soʼrilardan iborat dam olish joylari tashkil etishgani koʼzga tashlanib, xizmat koʼrsatish mahallada bandlikni taʼminlashning asosiy turlaridan biri ekani maʼlum qilingandi.
Viloyat hokimi bunday dam olish maskanlarini umumiy kontseptsiyaga birlashtirish, hududni obodonlashtirish, mahallada ichki turizm uchun sharoitlarni yaxshilash, taqdim etiladigan xizmatlar borasida targʼibot ishlarini olib borish boʼyicha masʼullarga vazifalar belgilab bergandi.
Bugun berilgan topshiriqlar ijrosi boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar koʼzdan kechirildi, mahalliy aholi hamda tadbirkorlar tomonidan barpo etilayotgan dam olish maskanlari bilan tanishildi.
Barpo etilayotgan dam olish maskanlari, yil davomida uzluksiz faoliyat koʼrsatishi iqtisodiy jihatdan foydali boʼlishiga eʼtibor qaratgan viloyat hokimi, viloyat qurilish sohasi mutasaddilariga xorijiy mavjud loyihalardan oʼrnak olgan holda loyihalarga pergola usulida – qishda yopib, yozda yigʼib qoʼyish mumkin boʼlgan yengil tipdagi tentlar tizimini oʼrnatish boʼyicha meʼmoriy qoʼshimcha kiritishga koʼrsatma berdi.
Xizmatlar sohasini hudud ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda alohida yondashuv bilan rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlashda eng katta zaxiralardan biri ekaniga eʼtibor qaratgan viloyat rahbari, shahar hokimi Vosiljon Nazarovga ushbu mahalladagi loyihalarni jadal va belgilangan koʼlamda amalga oshirilishini taʼminlash boʼyicha vazifa yukladi.