Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Sanʼat saroyi yonidagi Qashqar koʼchasida bir qavatli uylar oʼrniga 4 va 5 qavatli zamonaviy turar-joy majmuasi qurish loyihasiga kirishildi

×

 2023-04-08 17:59:49    901

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan Fargʼona shahar Fargʼona MFY Qashqar koʼchasida joylashgan 1 qavatli uylar oʼrnida 4 va 5 qavatli zamonaviy turar-joy majmuasi qurish loyihasi bilan tanishdi. 


Qashqar koʼchasidagi 53 ta eski uylar oʼrnida barpo etiladigan koʼp qavatli zamonaviy turar-joylarning birinchi qavati savdo va maishiy xizmat shaxobchalaridan iborat boʼlishi lozimligi taʼkidlandi. Ushbu xizmat koʼrsatish obʼektlari, Sanʼat saroyiga kelgan fargʼonaliklar hamda mehmonlar uchun qoʼshimcha qulayliklar taqdim etishi qayd etildi.


Tashabbuskor tadbirkorlar hamda mutasaddilar bilan muloqot qilgan viloyat hokimi, loyihani amalga oshirishda eski xonadonlar egalarining roziligini olish eng muhim talab ekanligini taʼkidlab, rozilik bergan mulkdorlarga uy-joylarning qiymati qonunda nazarda tutilgan tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishini taʼminlash shartligiga eʼtibor qaratdi.