Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Fargʼona shahrida xorijlik mutaxassislar ishtirokida taʼlim marafoni oʼtkazilmoqda

×

 2023-04-05 11:06:17    685

PDF yuklash
Chop etish


40-IDUMda 3-5 aprelь kunlari Rossiya Federatsiyasining Lomonosov nomidagi Shimoliy (Аrktika) Federal universiteti tomonidan «SАFUda kelajak kasblari va raqamli texnologiyalar» mavzusidagi hamkorlik taʼlim marafoni oʼtkaziladi.


Tadbir doirasidagi master-klasslarga qatnashish orqali ishtirokchilar raqamli texnologiyalar va kelajakda yanada rivojlanishi kutilayotgan kasblar haqida batafsil tanishadilar. Shuningdek, neyrotexnologiyalar, mobilь dasturlar, Lending page, robototexnika, veb dasturlar, taqdimotlarni effektiv sozlash sirlari kabi bir qancha amaliy bilimlarni oʼzlashtirishlari mumkin.


Shuningdek, «SАFU» universiteti xodimlari tomonidan oʼtkaziladigan olimpiyadalarda qatnashib, u yerda taʼlim olish imtiyoziga ham ega boʼlishadi. 


Unda viloyatimizning oʼquvchilari hamda oʼqituvchilari ishtirok etishlari mumkin. Master-klasslarni tashkil etish uchun Rossiyadan malakali mutaxassislar va «SАFU» xodimlari tashrif buyurishgan.


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati