Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 86 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

FАRGʼONА SHАHRIDА “OʼZBEKISTON – YOSHLАR MАMLАKАTI” SHIORI OSTIDА YOSHLАR SАYLI HАMDА GАLА-KONTSERT BOʼLIB OʼTDI

×

 2023-04-03 15:18:41    714

PDF yuklash
Chop etish


Fargʼona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-kontsert saroyi ochiq sahnida “Oʼzbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida Oʼzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi loyihasi mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan yoshlar sayli hamda gala-kontsert boʼlib oʼtdi.

Tadbirda Fargʼona politexnika instituti boʼlim boshligʼi, yosh olim Bekzod Аbduxalilov, Fargʼona davlat universiteti doktoranti, yosh olima, “Kelajak bunyodkori” mukofoti sohibasi Zarnigor Ubaydillaeva mamlakatimizda yoshlarning huquqlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash borasida jadal islohotlar amalga oshirilayotganligini qayd etib, Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar, ularning mazmun-mohiyati haqida toʼxtalib oʼtdilar.

Bosh Qomusimizga ham xalqimizning taklif va tashabbuslari bilan bir qator oʼzgartirishlar kiritilmoqda va mazkur oʼzgarishlar jarayonida yoshlar yoʼnalishiga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning moddalari 128 tadan 155 taga, normalar soni 275 tadan 434 taga oshayotgani, yoshlar bilan bevosita bogʼliq 6 ta moddalarning qoʼshilayotgani mazkur loyihaga yoshlarning qiziqishini oshirmoqda.Targʼibot tadbiri davomida shular xususida maʼlumotlar berildi.Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan madaniyat xodimi, taniqli rejissyor, Xilol Nasimov, Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan artist, aktyor Аnvar Аzimov, aktyor va xonanda Rasulxon Qodirxonovlar ham oʼz chiqishlarida yoshlarni muhim siyosiy jarayonlarga befarq boʼlmaslikka chorladilar.

Gala-kontsert dasturi doirasida respublika va viloyatimizdagi taniqli sanʼatkorlar, estrada xonandalarining musiqiy chiqishlari yoshlarning kayfiyatini koʼtarilishiga sabab boʼldi.“Oʼzbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida oʼtkazilgan yoshlar sayli yakunida namoyish etilgan mushakbozlik tadbir ishtirokchilariga hush kayfiyat ulashdi.