Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

“Margʻilon soy” tantanalar majmuasida ham iftorlik dasturxonlari yozildi

×

 2023-04-01 10:33:24    646

PDF yuklash
Chop etish


Ayni kunlarda yurtimizning barcha mahallalarida iftorlik tadbirlari oʻtkazilmoqda. Mehr-saxovat oyi munosabati bilan oʻtkazilayotgan iftorlik tadbirlari hamda yoʻqlovlar davomida fuqarolarga mehr va saxovat ulashilmoqda.


Bugun Fargʻona shahridagi “Margʻilon soy” tantanalar majmuasida “Navroʻz”,“Yoshlar” va “Al-Fargʻoniy” mahalla fuqarolar yigʻinlarida yashovchi bir guruh yoshi ulugʻ insonlar, faollar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar aʼzolari mehmon boʻlishdi. 400 nafarga yaqin fuqarolar uchun iftorlik dasturxoni yozilib, madaniy tadbir ham oʻtkazildi.


Inson qadrini ulugʻlash, muhtojlarga koʻmak koʻrsatish maqsadida yozilgan toʻkin dasturxon atrofida jam boʻlgan nuroniylar yurtimizga tinchlik, oilalarimizga totuvlik, roʻzgʻorimizga qut-baraka tilab, duo qilishdi.   


Iftorlik tadbirlari har bir mahallalarda davom etmoqda.