Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

IFTORLIK DАSTURXONI YOZILDI

×

 2023-03-31 10:44:30    635

PDF yuklash
Chop etish


Fargʼona shahridagi “Yangi hayot” bazmgohida iftorlik tadbiri oʼtkazildi. Unda shahrimizdagi diniy ulamolar, sektorlar rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari, faollar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlar vakillari uchun dasturxon yozildi. Ishtirokchilar Davlatimiz rahbari tomonidan mustaqilligimizni mustahkamlash yoʼlida amalga oshirilgan ezgu ishlar, yurtimizda muqaddas dinimiz sofligini saqlash borasida olib borilayotgan amallar haqida fikr almashishdi.


Tadbirda viloyatimizda oʼtkazilayotgan "Maʼnaviyat festivali"ning targʼibot guruhi aʼzolari Oʼzbekiston xalq artisti Mansur Toshmatov, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Shaxloxon Аxrorova, tarix fanlari doktori Raʼnoxon Oʼrozovalar ham ishtirok etishib, yigʼilganlarni ramazon oyi bilan qutlashdi. Madaniy dastur yigʼilganlarga xushkayfiyat ulashdilar.


Shuningdek ushbu tadbirda Qurʼon oyatlari oʼqilib, turmushimiz farovon, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʼlishini, xonadonlarimizda hamisha tinchlik hukm surishini tilab duolar qilindi.


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati