Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Muborak oyda koʼngillar shod boʼlmoqda

×

 2023-03-31 10:39:05    647

PDF yuklash
Chop etish


Аyni kunlarda yurtimiz boʼylab Ramazon shukuhini his qilmoqdamiz. Buni joylarda mehr-saxovat oyi munosabati bilan oʼtkazilayotgan iftorlik tadbirlari hamda yoʼqlovlarning amalga oshirilayotganidan ham bilish mumkin. 


Bugun Fargʼona shahridagi "Аfrosiyob" tantanalar majmuasida bir guruh yoshi ulugʼ insonlar, mahalla faollari hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar aʼzolari mehmon boʼlishdi. 500 nafarga yaqin fuqarolar uchun iftorlik dasturxoni yozilib, madaniy tadbir ham oʼtkazildi.


Inson qadrini ulugʼlash, muhtojlarga koʼmak koʼrsatish maqsadida yozilgan toʼkin dasturxon atrofida jam boʼlgan nuroniylar yurtimizga tinchlik, oilalarimizga totuvlik, roʼzgʼorimizga qut-baraka tilab, duo qilishdi. 


Mazkur tadbirda viloyat va shahar hokimliklari vakillari, sektor rahbarlari, diniy ulamolar hamda shu kunlarda viloyatimizda oʼtkazilayotgan "Maʼnaviyat festivali" tadbirining targʼibot guruhi aʼzolari ham ishtirok etishdi. 


Iftorlik tadbirlari har bir mahallalarda davom etmoqda.


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati