Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Targʼibot tadbiri oʼtkazildi
2023-03-30 13:25:04 748
Fargʼona davlat universiteti katta majlislar zalida «Oʼzbekiston Respublikasida Konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati» mavzusida seminar oʼtkazildi.
Unda Fargʼona shahar hokimi Vosiljon Nazarov, sektorlar va Fargʼona Davlat universiteti rahbarlari hamda 200 nafar ota-onalar, professor-oʼqituvchilar va mahalla faollari ishtirok etdilar.
“Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya oʼzimizniki!” shiori ostida oʼtkazilgan targʼibot tadbirida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining eng muhim oʼziga xos xususiyatlari yuzasidan fikrlar bildirildi. Qonun loyihasining mazmun va mohiyati keng tushuntirilib oʼtildi.