Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
"Qirguli" mahallasining ichki yoʼllari asfalt qilinmoqda
2023-03-29 08:37:34 745
Аyni kunlarda Fargʼona shahridagi mahalla fuqarolar yigʼinlarida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi PQ-408-sonli qaroriga asosan keng koʼlamli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, "Qirguli" mahalla fuqarolar yigʼini hududidagi ichki yoʼllarning 2500 metr qismi asfalьt qilinishi belgilangan. Hozirda yoʼllarni asfalьtlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlar uchun qaror asosida 1 mlrd. 300 mln. soʼmga yaqin mablagʼ ajratilgan.