Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Murojaatlarning qirqdan ortigʼi ijobiy hal etildi
2023-03-29 08:36:36 757
Joriy haftadagi shahar hokimligi tomonidan tashkillangan sayyor qabulda Fargʼona shahar hokimi Vosiljon Nazarov, sektor rahbarlari, fuqarolik ishlari boʼyicha sud raisi Ulugʼbek Oripov, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi shahar boʼlimi mudiri Tavakkaljon Rahimov, majburiy ijro byurosi vakillari va hokim oʼrinbosarlari ishtirok etishdi.
"Yangi soy" MFYdagi istirohat bogʼida oʼtkazilgan qabulda 200 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari masʼullar ishtirokida oʼrganildi. Qirq nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal qilindi.
Kelib tushgan murojaatlarni oʼrganish va natijasi boʼyicha mualliflarga maʼlum qilish uchun masalaga daxldor xodimlar, korxona, tashkilot va boʼlimlarga topshiriqlar berildi.
Qabul soʼngida murojaatlarni hal etilishi darajasi tanqidiy tahlil qilindi. Fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal etish yuzasidan shahar hokimligi tomonidan amaliy yordam koʼrsatish belgilandi.