Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

"Oʼzbekiston" mahallasidagi sugʼorish tizimidagi muammo ham bartaraf etilmoqda

×

 2023-03-27 17:04:39    654

PDF yuklash
Chop etish


Аyni kunlarda Fargʼona shahridagi mahalla fuqarolar yigʼinlarida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi PQ-408-sonli qaroriga asosan keng koʼlamli ishlar olib borilmoqda.


Xususan, "Oʼzbekiston" mahalla fuqarolar yigʼini hududidagi Аbdulla Qodiriy koʼchasida joylashgan 15 ta koʼp qavatli uylar atrofidagi ekin yer maydonlariga 1500 metr masofada sugʼorish tarmoqlari tortilmoqda. 


Hozirda qazish va tarmoq tortish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlar uchun qaror asosida 200 mln. soʼm mablagʼ ajratilgan.