Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Shahrimizda «Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi» oʼtkazilmoqda

×

 2023-03-26 00:28:54    799

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilning 1 mart kunidan 1 aprelь kuniga qadar viloyatimizda xususan shahrimizda Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi oʼtkazilmoqda.


Shu munosabat bilan Fargʼona shahar Favqulodda vaziyatlar boʼlimi xodimlari tomonidan shahrimiz hududidagi korxon,tashkilot va muassasalarda, umumtaʼlim maktablari hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarda oylik doirasida keng qamrovli profilaktik tadbir oʼtkazilib kelinmoqda.


Tadbirlar davomida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir boʼlganda toʼgʼri harakatlanish, aholining sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanishi holatlarini oldini olish, is gazi hamda gaz va havo aralashmasining chaqnashlarini oldini olish, sel-suv toshqinlar bilan bogʼliq baxtsiz hodisalarni oldini olishlar yuzasidan amaliy va nazariy oquv seminar mashgʼulotlari oʼtkazilmoqda.


Shuningdek, Fargʼona Markaziy dehqon bozori hududida tegishli tashkilot hodimlari bilan hamkorlikda aholining sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanishini (botulizm) oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar oʼtkazilib, aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf qilinib, sifat sertifikati boʼlmagan mahsulotlar savdodan chiqarilmoqda.


O.Xodjaev,Fargʼona shahar huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalar guruhi rahbari.


А.Аpponov,Fargona shahar FVB xodimi, kapitan.