Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RАSMIY MUNOSАBАT
2023-03-24 16:57:21 769
"Ibn Sino" mahalla fuqarolar yigʼini Yangi asr koʼchasi 190-uy 71-xonadonda yashovchi Oqilaxon Rustamovaning murojaati yuzasidan quydagilarni maʼlum qilamiz.
Oqilaxon Rustamova yuqoridagi manzilda 5 nafar farzandi bilan birga yashaydi. Uning murojaati shahar hokimligi, Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasining Fargʼona shahar boʼlimi va mahalla fuqarolar yigʼini masʼullari ishtirokida oʼrganildi.
Oʼrganish jarayonida fuqaroning Kimyogarlar koʼchasi 6-uyda joylashgan koʼchmas mulkka sarf etilgan mablagʼlarini qaytarib olish boʼyicha qilgan murojaati koʼrib chiqildi. Mazkur holat yuzasidan fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi va ayni damda sud-huquq masalasida amaliy yordamlar koʼrsatilmoqda.
Ishchi guruhi aʼzolarining yakuniy xulosalari boʼyicha qoʼshimcha maʼlumotlar beriladi.
Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati