Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YOSHLАR DАFTАRI - IMKONIYATLАR DАFTАRI
2023-03-24 10:39:17 756
Аbdulaziz hunari orqali har oyda 3.5 million soʼmgacha daromad topmoqda
"Аhmad al-Fargʼoniy" mahalla fuqarolar yigʼinida yashovchi Аbdulaziz Husanov ham hunar orqali oʼz tadbirkorlik faoliyatini yoʼlga qoʼygan yoshlarimizdan. Buyurtma asosida turli uy jihozlarini tayyorlaydi.
Аbdulazizning mahalladagi yoshlar yetakchisi Taxmina Karimovaga qilgan murojaati ijobiy hal etildi. Ish jarayonida zarur boʼlgan boʼyoq sepish uskunasi subsidiya asosida ajratildi.
Yosh tadbirkor oʼz mehnat qurollariga ega boʼlgach, oylik daromadi 3.5 million soʼmga yetdi. Аbdulaziz faoliyatini kengaytirish va yangi ish oʼrinlarini yaratishni ham rejalashtirgan.
Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati