Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 41 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Daraxt va gul koʼchatlarini ekish ishlari davom etmoqda

×

 2023-03-23 14:27:21    676

PDF yuklash
Chop etish


Fargʼona shahrida joriy mavsumdagi "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 27 ming tup mevali, 545 ming tup manzarali daraxt, buta va qalamchalar hamda 100 mingga yaqin gul koʼchatlari ekish belgilangan. Bu reja ortigʼi bilan bajarildi.


Аyni kunlarda ham jarayonlar davom etmoqda. Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 1500 ming tup siren va 1000 tup atirgul koʼchatlari olib kelinib, ekish jarayonlari olib borilmoqda. Shu kunga qadar boshqarma xodimlari tomonidan shahar koʼchalariga 60 ming tup past boʼyli atirgul koʼchatlari ekilgan.


Bugun Fargʼona shahar hokimi Vosiljon Nazarov obodonlashtirish boshqarmasida boʼlib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Ekish jarayonlarini tezlashtirish, mahalla fuqarolar yigʼinlari, korxona va tashkilotlarga olib kelingan koʼchatlarni taqsimlash boʼyicha koʼrsatmalar berdi.


Mavsum ohiriga qadar shahrimizda yana koʼplab mevali va manzarali daraxt hamda noyob gul koʼchatlari ekilishi rejalashtirilgan.


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati