Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

FАRGʼONА SHАHRIDА YOSHLАR TАSHАBBUSI BILАN “KONSTITUTSIYA OʼZIMIZNIKI” SHIORI OSTIDА TАRGʼIBOT TАDBIRI OʼTKАZILDI

×

 2023-03-23 14:09:57    661

PDF yuklash
Chop etish


Fargʼona shahrida viloyat yoshlari tashabbusi bilan “Konstitutsiya oʼzimizniki” shiori ostida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi boʼyicha targʼibot tadbiri va kontsert-shou dasturi boʼlib oʼtdi. Tadbirda oliy taʼlim muassasalari talabalari, viloyatimizning shahar va tumanlarida yashovchi yoshlar ishtirok etdilar. Аlbatta, tashabbus yoshlarniki, joʼshqinlik ularniki boʼldi, lekin bu davraning mohiyatini yanada chuqurroq anglagan turli yoshdagi fargʼonaliklar ham oʼzlarini chetga tortishmadi.


Qizgʼin munozaralarga, hayajonli lahzalarga boy boʼlgan tadbir davomida Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar toʼgʼrisida, shuningdek, referendum oʼtkazish tartibi, unda ishtirok etish boʼyicha soʼz bordi.


Bundan tashqari, tadbirda Fargʼona viloyatidagi chet tillarni oʼqitishga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati direktori Eleonara Dadajonova, “Murad Buildings” kompaniyasi asoschisi Murod Nazarov, taniqli sport ustalari soʼz olib, barchani Referendum jarayonida befarq boʼlmaslikka chaqirdilar.


Tadbir xushovoz xonandalar Otabek Muhammadzohid, Joʼrabek Qodirov tomonidan ijro etilgan kuy-qoʼshiqlar bilan davom etdi.