Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

АHOLIGА QULАYLIKLАR YARАTILMOQDА

×

 2023-03-17 09:59:55    730

PDF yuklash
Chop etish


Navroʼz umumxalq bayrami munosabati bilan Markaziy dehqon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari sotishga moʼljallangan arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi ish boshlagan. Yarmarkada 32 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari arzon narhlarda sotilmoqda.
Yarmarkada fermer xoʼjaliklari va tadbirkorlarimiz oʼzlari ishlab chiqargan va yetishtirgan mahsulotlarini aholi dasturxonlariga arzon narxlarda taqdim etmoqdalar.


Bugun Fargʼona shahar hokimi Vosiljon Nazarov va sektor rahbarlari Markaziy dehqon bozorida boʼlishib, narx-navo bilan tanishdilar hamda oziq-ovqat mahsulotlari zahirasini oʼrgandilar. Shuningdek, bozor hududida savdogarlar hamda xaridorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ham koʼzdan kechirildi. Masʼullarga narx-navoni suʼniy oshirilishiga yoʼl qoʼymaslik boʼyicha topshiriqlar berildi.


Navroʼz umumxalq bayrami munosabati bilan tashkil etilgan arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari 25 mart kuniga qadar faoliyat koʼrsatadi.


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati