Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Fargʼona shahrida madaniy tadbirlar davom etmoqda

2023-03-16 11:41:42 542
"Furqat" mahalla fuqarolar yigʼinida yurtimizga bahor fasli kelishi munosabati bilan, Navroʼz bayrami arafasida mahalladagi xotin-qizlar, nuroniy otaxonlar, mahalla faollari ishtirokida bayram oldi tadbiri oʼtkazildi.
Unda viloyat va shahar hokimligi vakillari, sektor rahbarlari ishtirok etishib, tadbir ishtirokchilarini kirib kelayotgan Navroʼz bayrami bilan tabriklashib, oʼzlarining ezgu tilaklarini bildirib oʼtdilar.
Bayramona dasturxon yozilib ishtirokchilarga bahoriy taomlar tortildi. Keksa nuroniylar yurtimiz tinch, hayotimiz farovon boʼlishini tilab duolar qilishdi. Shu kuni mahallada yashovchi bemorligi boʼlgan hamda ehtiyojmand xonadonlar holidan ham xabar olindi.
Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati