Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

"Ipak yoʼli" mahallasida bayram shodiyonalari oʼtkazildi

×

 2023-03-16 11:40:25    738

PDF yuklash
Chop etish


Navroʼz umumxalq bayrami munosabati bilan Fargʼona shahridagi barcha mahalla fuqarolar yigʼinlari, korxona va tashkilotlar hamda taʼlim muassasalarida madaniy tadbirlar oʼtkazilmoqda. 


"Ipak yoʼli" mahalla fuqarolar yigʼinida oʼtkazilgan bayram shodiyonalari ham yigʼilganlarda katta taassurot qoldirdi. Bayram tadbirida Fargʼona shahar hokimi Vosiljon Nazarov, sektor rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. 


Tadbir davomida turli sport musobaqalarida gʼoliblikni qoʼlga kiritgan yoshlar esdalik sovgʼalari bilan taqdirlanishdi. 


Dorvozlar va polvonlarning chiqishlari tadbirga bayramona kayfiyat ulashdi. Xushovoz xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy-qoʼshiqlar, isteʼdodli yoshlarning chiqishlari ham barchaga birdek manzur boʼldi.

 
Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati