Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
"Beruniy" mahallasida sugʼorish tizimi yangilanmoqda
2023-03-16 11:34:40 763
Аyni kunlarda Fargʼona shahridagi mahalla fuqarolar yigʼinlarida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi PQ-408-sonli qaroriga asosan keng koʼlamli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, "Beruniy" mahalla fuqarolar yigʼini hududida bir necha yillardan buyon sugʼorish tizimi yaxshi boʼlmaganligi aholining haqli eʼtirozlariga sabab boʼlar edi. Qaror asosida mazkur mahallaga 3 ta sugʼorish uchun tik quduqlar qazilishi belgilangan. Hozirda qurilish tashkiloti tomonidan ish jarayonlari bajarilmoqda. Qurilish ishlari uchun respublika byudjetidan 1 mlrd. soʼmdan ortiq mablagʼ ajratilgan.