Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 71 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Qirguli mavzeida sport majmuasi foydalanishga topshirildi

×

 2023-03-15 18:32:03    713

PDF yuklash
Chop etish


Beruniy" mahalla fuqarolar yigʼini hududidagi sobiq "Davr" majmuasi qoshidagi boʼsh turgan binoda sport sogʼlomlashtirish markazlari ochildi. Mahalladagi hokim yordamchisi Muzaffar Qoʼldashevning saʼy-harakatlari bilan sportning taykvando turi boʼyicha mashgʼulotlar yoʼlga qoʼyildi.


Kuni kecha "Madaniyat" mahalla fuqarolar yigʼini hokim yordamchisi Shavkatjon Komilov tomonidan fuqaro Аbduvohid Shamshievga ajratilgan 90 mln. soʼm miqdordagi imtiyozli kredit ham maqsadli sarf etildi.


Sport majmuasida "Everlas gym klub" ayollar uchun fitnes klubi ish boshladi. Uchta yangi ish oʼrin yaratildi. Аyni kunda 50 nafardan ortiq xotin-qizlar sport bilan muntazam shugʼullanishmoqda. Malakali trenerlar jalb qilingan mashgʼulotlar uchun oylik toʼlov 200 ming soʼm etib belgilangan.


Sport majmuasining ochilish marosimida shahar hokimligi vakillari, hududdagi mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari va sportsevar fuqarolar ishtirok etishdi. 


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati