Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Obodlikdan yashnagan manzillar - Fargʼona shahri

×

 2023-03-14 19:28:58    661

PDF yuklash
Chop etish


Vatanga muhabbat va sadoqat kabi ezgu gʼoyalarni oʼzida mujassam etgan Navroʼz bayrami shodiyonalari tobora yaqinlashmoqda. Ezgu ayyom barcha sof niyatli insonlarni birlashtirib, ularning qalbida eng goʼzal va olijanob tuygʼularni uygʼotadi. 


Navroʼzi olam bayram tantanalari millati, tili va dinidan qatʼiy nazar, koʼp qavatli uylarda yashayotgan barcha yurtdoshlarimiz tomonidan ham koʼtarinki ruhda nishonlanmoqda.


Fargʼona shahrida faoliyat olib borayotgan boshqaruv servis kompaniyalari ham oʼz hududlarida ushbu qutlugʼ ayyomni munosib kutib olishga qizgʼin taraddud koʼrmoqdalar. Boshqaruv kompaniyalari tomonidan koʼp qavatli uylarning atrof hududini yashil makonga aylantirish tadbirlari davom etmoqda.


Jumladan, Fargʼona shahridagi "Safort konsensus kommunal" boshqaruv kompaniyasi tomonidan 43 ta koʼp qavatli uylarning atrof hududidagi daraxtlarga shakl berilib, oxaklandi. Shuningdek, obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish ishlari keng koʼlamda olib borilmoqda.


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati