Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 68 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Mahallada sumalak sayli

×

 2023-03-14 19:27:17    683

PDF yuklash
Chop etish


Аyni kunlarda Navroʼz umumxalq bayrami munosabati bilan Fargʼona shahridagi barcha mahalla fuqarolar yigʼinlarida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, bayram munosabati bilan sayillar, madaniy tadbirlar oʼtkazilmoqda.


"Madadkor" mahallasi aholisi yurtimizga kirib kelgan fasllar kelinchagi bahorni Navroʼz olamning shohona taomi – sumalak bilan qarshi oldilar. Katta qozonda sumalak tayyorlandi, tansiq va bahoriy taomlar avvalo keksalar, bemorlar, kam taʼminlangan oilalarga tarqatildi. 


Mahalla ahli sumalakni tatib koʼrib, bahorga yetganiga shukr qilib, yilning yaxshi, xayrli, barakali kelishini, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va xotirjamlik bardavom boʼlishini tilab duolar qildilar. 


Sumalak sayli kuy-qoʼshiqlarga ulandi.


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati