Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

"Kimyogar" mahallasida 3 milliard soʼmlik qurilish ishlari bajarilmoqda

×

 2023-03-14 19:22:49    626

PDF yuklash
Chop etish


Fargʼona shahridagi "Kimyogar" mahallasida 4000 nafardan ortiq fuqarolar istiqomat qiladi. 1300 dan ortiq oilalar mavjud boʼlgan mahallaning aholisi 25 ta koʼp qavatli uylarda yashaydilar. Yurtimizda koʼp qavatli uylarda yashayotgan aholiga qulaylik yaratish maqsadida ham keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.


Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-408-qaroriga asosan "Kimyogar" mahalla fuqarolar yigʼini hududida aholi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Jumladan: 


12 ta kichik bolalar oʼyin maydonchalari


200 ta koʼcha oʼrindiqlari


50 ta ochiq ayvonlar


12 ta (10x4x4 metr oʼlchamdagi) marosimlar oʼtkazish ayvoni qurilmoqda.


"Mirzo Soadat" xususiy korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar uchun respublika byudjetidan 3 mlrd. soʼm mablagʼ ajratilgan. 


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati