Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Ehtiyojmand xonadonlarga mevali va manzarali daraxt koʼchatlari tarqatildi

×

 2023-03-09 16:43:39    757

PDF yuklash
Chop etish


Fargʼona shahrida «Yashil makon» loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlarda "Mahalla" xayriya jamoat fondi shahar boʼlinmasi xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.


Fond xodimlari mahallalardagi boʼsh yer maydonlari, fuqarolar yigʼinlari idoralari hududlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi xonadonlarida daraxt ekish xayriya tashabbusini amalga oshirishmoqda. Hududlarda ariq va suv yoʼllarini tozalash, daraxt koʼchatlariga shakl berish, obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilyapti. 


Shahrimizdagi “Fargʼona” va “Yoshlar” mahalla fuqarolar yigʼinlari hududida fond xodimlari ishtirokida “Yashil makon” umummilliy loyixasi doirasida yuzga yaqin mevali va manzarali daraxtlar oʼtkazildi. Hududdagi 10 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand xonadonlarga 100 tup mevali va manzarali daraxt koʼchatlari tarqatildi. 


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati