Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Telegramda ochilgan guruh orqali buyurtma olib, savdo qilmoqdaman

×

 2023-03-09 16:42:16    782

PDF yuklash
Chop etish


Аzizaxon Egamberdieva "Oʼzbekiston" mahalla fuqarolar yigʼinida yashaydi. Boquvchisi yoʼq, qaramogʼida esa farzandlari bor. 2021 yildan buyon tikuvchilik bilan shugʼillanadi.


"Аyollar daftari"ning 3-bosqichini shakllantirish davomida roʼyxatiga olingan Аzizaxonga mahallada faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faolining oʼrganishi va bildirgisiga asosan susidiya asosida tikuv mashinasi topshirildi. 


-Uch yildan buyon tikuvchilik bilan shugʼillanaman. Oilamning asosiy daromadi shu hisoblanadi, - deydi biz bilan suhbatda Аzizaxon Egamberdieva. - Hozirda oila va roʼzgʼor uchun koʼplab mahsulotlar tayyorlayman. Аsosan telegramda ochilgan guruhim orqali buyurtma olib savdo qilaman. Tikuv mashinam eskili bois, ish xajmini oshirolmas edim. Menga yangi va zamonaviy tikuv mashinasi berishdi. Endilikda faoliyatimni yanada kengaytirishni reja qilmoqdaman.