Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Barcha hududlarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda

×

 2023-03-01 23:20:22    619

PDF yuklash
Chop etish


Аyni kunlarda shahrimizning barcha mahallalari, korxona va tashkilotlarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Аlbatta, hashar ishlari fuqarolarimizning faolligi va uyushqoqligida koʼtarinki ruhda oʼtmoqda.


Bahor faslining kirib kelishi, yaqinlashib kelayotgan bayramlarni munosib nishonlashga tayyorgarlik koʼrish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish kunning dolzarb masalasi boʼlmoqda.


Hashar ishlarida mahallalar, aholi punktlari, koʼp qavatli binolar va hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalari tartibga keltirilmoqda.


“Mahallamga mening tuhfam” shiori ostida barcha turar joy mavzelari, koʼchalar hamda korxona va tashkilotlarda gul koʼchatlari, mevali va manzarali daraxtlar ekilib, daraxtlar butalib oqlanmoqda.


Shahar hokimligi tomonidan hashar ishlariga yordam berish maqsadida obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari va texnika vositalari ham jalb etilmoqda.


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati