Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
"Iftixor" mahallasida 3000 metr oqova suvi tarmogʼi tortilmoqda
2023-02-27 10:21:08 701
Аyni kunlarda Fargʼona shahridagi mahalla fuqarolar yigʼinlarida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi PQ-408-sonli qaroriga asosan keng koʼlamli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, "Iftixor" mahalla fuqarolar yigʼini hududidagi Аeroport, Mushtarak, Barhayot va Tutzor koʼchalarida 3000 metr masofada oqova suvi tarmogʼini tortish ishlari olib borilmoqda. Mazkur ishlar uchun qaror asosida 1 mlrd. 650 mln. soʼm mablagʼ ajratilgan.
Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati