Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Maxsus qabulxonada monitoring olib borildi
2023-02-16 17:11:38 358
Fargʼona viloyati IIBning vaqtincha maxsus qabulxonada monitoring tashrifi amalga oshirilib, u yerda saqlanayotgan shaxslarning sharoitlari bilan tanishildi. Maxsus qabulxonada jami 139 nafar maxbusni saqlashga moʼljallangan boʼlsada, hozirda 215 nafar maxbus saqlanayotgani aniqlandi.
Monitoring tashrifida 3 nafar shaxslar bilan yakkama-yakka, 28 nafar shaxslar bilan esa ommaviy suxbatlar oʼtkazildi. Suxbat davomida qabulxondagi xibsxonadagi sharoitlardan va oziq-ovqat taʼminotidan shikoyatlari yoʼqligi, ularga nisbatan noqonuniy xarakatlar yoki qiynoqlar boʼlmaganligini bildirishdi.
Shuningdek, Huquqbuzarlar А.I, Ya.T va O.M lar bilan yakkama-yakka suxbat oʼtkazilganida voyaga yetmagan farzandlari uchun 2 oydan ortiq muddat davomida aliment toʼlamaganliklari uchun Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi Kodeksning 47-4-moddasiga binoan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi oʼtayotganliklari, hozirda oʼzlariga tegishli xulosa chiqargan xolda aliment toʼlov pullarini toʼlamoqchi ekanliklarini maʼlum qilishdi. Maxsus qabulxonada yaratilgan sharoitlardan xech qanday shikoyatlari yoʼqligi, sayrga chiqish, telefon soʼzlashuvlaridan qonunda belgilangan tartibda foydalanib kelayotganliklarini bildirdilar.
Tergov harakatlarini oʼtkazish uchun moʼljallangan xonalarni koʼzdan kechirish jarayonida, bu toifadagi xonalar videokuzatuv vositalari bilan jihozlangani va advokatlar istalgan vaqtda advokatlik soʼrovnomasi bilan tergov jarayonlarida tasvirga olingan videomateriallarni talab qilib olishi mumkinligi aniqlandi.
Muassasadagi advokat bilan uchrashuv xonasida video-kamera kuzatuv moslamasi oʼrnatilgani aniqlandi, xolbuki advokatlar bugungi kunda muassasada saqlanayotganlar bilan moneliksiz uchrashishga, muassasa xodimlaridan xoli suxbat oʼtkazishga xaqlidir. Garchand, Oʼzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy qamoqni oʼtash tartibi toʼgʼrisida”gi Qonunning 27, 28-moddalarida maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni ragʼbatlantirish va ularga nisbatan qoʼllaniladigan intizomiy jazo choralari tartibi belgilangan boʼlsada, maxsus qabulxonada bu haqida biron-bir buyruq chiqarilmagan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan. Buyruq chiqarmagan xolda ogʼzaki ravishda ragʼbatlantirish choralari koʼrib kelinayotganligi maʼlum qilindi.
Monitoring davomida muassasadagi Maʼmuriy qamoqqa olinganlarning ariza va shikoyatlarini roʼyxatga olish kitobi va maxsus muassasada saqlanayotgan maxbuslarni qayd etish kitoblari koʼzdan kechirildi. Har kunlik roʼyxatga olish kitoblari oʼz vaqtida toʼgʼri qayd etilayotganligi aniqlandi. Muassasadagi saqlanayotganlar uchun sayrga chiqish joylari ham koʼzdan kechirildi.
Undan tashqari, muassasadagi maxbuslarning shaxsiy buyumlarini saqlash va qaytarib berish xonasi koʼzdan kechirildi. Xech kanday muammo yoʼq ekanligi, muassasada saqlanayotganlarning shaxsiy buyumlari qaytarib berilishi aniqlandi.
Muassasadagi oshxona koʼzdan kechirilganda saqlanayotgan mahbuslarga taomlar tayyorlanib, oziq-ovqat mahsulotlari toʼliq va taomnomaga mos berilayotgani maʼlum boʼldi. Muassasada saqlanayotganlarga tibbiy yordam koʼrsatish xonasi koʼzdan kechirlganda, feldsher shtati ajratilgan, tibbiy yordam koʼrsatish uchun kerakli dori-darmonlar mavjudligi aniqlandi. Muassasada saqlanayotganlar uchun oshxona va yuvinish xonalari mavjud. Shundan soʼng maxsus qabulxona xodimlari bilan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrda imzolangan “Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoni mazmun-mohiyati hamda harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda qiynoqqa solish hamda boshqa gʼayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomalaning oldini olish masalalari boʼyicha seminar yigʼilishi oʼtkazildi.
Tashrif davomida tezkor xodimlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Аniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʼrish boʼyicha koʼrsatmalar berildi.
А.Kamilov,
Ombudsmanning Fargʼona viloyati mintaqaviy vakili.